Fakultet haqida
Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti bolaning ilk yoshidan boshlang‘ich maktabni tugatgunga qadar bo‘lgan davrda ta’lim-tarbiya beradigan pedagog kadrlarni tayyorlaydi: maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari va metodistlar.
Fakultet professor-o‘qituvchilari ta’lim jarayoniga innovatsion pedagogik texnologiyalar va fanlararo integratsiyani joriy etish ustida ilmiy-uslubiy ish olib boradi, talabalar uchun o‘quv qo‘llanmalar yaratadi.
Ta’lim yo‘nalishlari
- Maktabgacha ta’limMaktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun tarbiyachi va metodistlar tayyorlash.
- Boshlang‘ich ta’limBoshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlash: pedagogika, innovatsion ta’lim texnologiyalari, fanlararo integratsiya.
- PedagogikaPedagogika nazariyasi va metodikasi, ta’lim menejmenti.
Kafedralar
Pedagogika kafedrasi
Pedagogika kafedrasi pedagogika nazariyasi va metodikasi, ta’lim menejmenti yo‘nalishlarida pedagog kadrlar tayyorlaydi.
Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi
Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlaydi va boshlang‘ich ta’lim metodikasi sohasida ilmiy izlanishlar olib boradi.
Maktabgacha ta’lim kafedrasi
Maktabgacha ta’lim kafedrasi maktabgacha ta’lim tarbiyachilari va metodistlarini tayyorlaydi.
Xodimlar
Ernazarova Manzura Saparboyevna
Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori (DSc), professor
O‘quv-uslubiy nashrlar
Fakultet olimlari tomonidan tayyorlangan o‘quv-uslubiy nashrlar talabalar va pedagoglar uchun ochiq: ularni onlayn o‘qish yoki yuklab olish mumkin.

Boshlang‘ich ta’limda innovatsiya va integratsiya
Qo‘llanmada boshlang‘ich ta’limda innovatsiya va integratsiyani joriy etishning mazmuni, shakllari, vositalari va o‘ziga xos xususiyatlari yoritilgan. Nashr pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalari, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari va metodistlarga mo‘ljallangan.
Mundarija
- 1-mavzuBoshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi fanining mazmuni, predmeti, metodologiyasi va ilmiy-tadqiqot metodlari
- 2-mavzuShaxs rivojlanishining umumiy qonunlari, uning tashxisi to‘g‘risida g‘oyalar
- 3-mavzuBoshlang‘ich maktabda pedagogik jarayonning zamonaviy tendensiyalari va texnologiyalari
- 4-mavzuBoshlang‘ich ta’lim pedagogikasining rivojlanishida umumiy va xalq pedagogikasining o‘rni
- 5-mavzuBoshlang‘ich ta’lim pedagogikasida ta’lim qonuniyatlari, qoidalari va prinsiplari
- 6-mavzuBoshlang‘ich ta’limda innovatsion pedagogika
- 7-mavzuAn’anaviy va innovatsion ta’limning qiyosiy tahlili
- 8-mavzuBolalar tarbiya jamoasi va yagona pedagogik jarayon
- 9-mavzuDeviant xulq ijtimoiy-pedagogik muammo sifatida
- 10-mavzuTa’limni tashkil etish turlari va shakllari. Dars — ta’lim tizimini tashkil etishning asosiy shakli sifatida
- Glossariy va adabiyotlarAsosiy tushunchalar lug‘ati hamda 41 ta manbadan iborat adabiyotlar ro‘yxati.

Mediasavodxonlik va axborot madaniyati
Darslikda mediasavodxonlik va axborot madaniyati fanining paydo bo‘lish tarixi, nazariy asoslari, axborotni tahlil qilish va qayta ishlash jarayonlari yoritilgan. Global axborot makonidagi ma’lumotlarni tushunish, baholash va tanqidiy tafakkurni shakllantirish, ijtimoiy tarmoqlardagi tahdidlar hamda axborot xavfsizligi masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
Mundarija
- 1-mavzu“Mediasavodxonlik va axborot madaniyati” fanining obyekti, predmeti, kategoriyalari, maqsad va vazifalari
- 2-mavzuMediasavodxonlik va axborot madaniyati evolyutsiyasi
- 3-mavzuAxborotning jamiyatda tutgan o‘rni va ahamiyati. “Axborotlashgan jamiyat”ning yuzaga kelishi va uning xususiyatlari
- 4-mavzuYangi O‘zbekistonda fuqarolarni faollashtirishda media va axborotning ahamiyati. Media va axborot savodxonligini rivojlantirish masalalari
- 5-mavzuJahon media va axborot makonida raqobat muhiti. Xorijiy ommaviy axborot vositalarining media makonidagi o‘rni
- 6-mavzuMedia sohasining tuzilishi va ta’siri. Virtual olam va manipulyatsiya
- 7-mavzuIjtimoiy tarmoqlardagi axborot xurujlari va tahdidlar
- 8-mavzuIjtimoiy tarmoqlarning jamiyat hayotiga ta’siri va muammolari
- 9-mavzuShaxsga yo‘naltirilgan axborot-psixologik, diniy va madaniy tahdidlar
- 10-mavzuKompyuter o‘yinlarining yuzaga kelishi. Shaxsdagi internet va kompyuter o‘yinlariga tobelikning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari
- 11-mavzuVirtual o‘yinlarning yoshlar ongiga ta’siri
- 12-mavzuAxborot xavfsizligi tushunchasi. Axborot xavfsizligini ta’minlashning g‘oyaviy-nazariy asoslari
- 13-mavzuO‘zbekistonda axborot xavfsizligining ma’naviy-metodologik asoslari
- 14-mavzuMedia maydonda axborot tarqatish madaniyati: kiberetika va kiberhuquq
- 15-mavzuJamiyatda tanqidiy-tahliliy tafakkurni rivojlantirishda va jamoatchilik nazorati instituti faoliyatida media maydon va internet imkoniyatlari
- Glossariy va adabiyotlarAsosiy tushunchalar lug‘ati, o‘zbek va xorijiy adabiyotlar hamda internet manbalar ro‘yxati.
Savolingiz yoki taklifingiz bormi?
Universitet jamoasi siz bilan bogʻlanishdan mamnun. Biz bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqaga chiqing.